Quyivartovsk sudi öyinçoq töpponça bilan qurollanib olib, bankni ömarişga uringan Özbekiston fuqarosi ustidan hukm öqidi. Xanti-Mansiysk avtonom okrugi prokuraturasi matbuot xizmati xabariga köra, özbekistonlikka töqqiz yil koloniya jazosi berilgan.
Idora xabariga köra, yoş yigit 2019 yilning yanvarida mahalliy banklarning biriga qölida öyinçoq töpponça bilan kirib kelgan va "qurolni" bank xodimlari hamda fuqarolarga yönaltirib, pul berişlarini talab qilgan.
Öşa kuni kassada 3 million rublga yaqin mablağ, şuningdek, 12,5 ming AQŞ dollari va 13 mingga yaqin yevro bölgan. Ammo bank xodimi pul turgan xonaga kirişga imkoni yöqligini aytganida, jinoyatçi hodisa joyidan qoçib ketgan.
Huquq posbonlari sal ötmay maqsadi katta miqdordagi pulni ömariş bölgan bosqinçini qölga olganlar.
Endilikda sud qaroriga köra, 24 yoşli özbekistonlik 8 yil ön oylik jazo muddatini oğir tartibdagi koloniyada ötaydi.









