Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Yakkasaroy tuman sudi oçiq sud majlisida qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyatini sodir etgan şaxsga nisbatan jinoyat işi körib çiqildi.
Bahromov Doniyor (şaxslar va joylarning nomi özgartirlgan) 2020 yilning 10 fevral kuni soat 17.30 larda özi istiqomat qilib kelayotgan Olmazor tumanidagi uyda qaynisinglisi (xotinining singlisi) Ergaşeva Lobar bilan özaro janjallaşib qolişadi. Örtalarida kelib çiqqan kelişmovçilik natijasida Doniyor qölida bölgan bolta bilan Lobarning boş qismiga urib, unga tan jarohati yetkazadi.
Sud-tibbiy ekspertizasining 19.02.2020 yildagi 738-sonli xulosasiga köra, Ergaşeva Lobarda «boş miya oçiq jarohati, boş miya yengil darajali lat yeyişi, boş öng çakka suyagining bölakçalanib oçiq sinişi, boş öng çakka sohasi ezilib-yirtilgan yarasi» kabi tan jarohatlari aniqlangan bölib, uşbu tan jarohatlari oğirlik darajasi böyiça yetkaziliş vaqtida hayot uçun xavfli bölgan oğir toifadagi tan jarohati deb baholangan.
Sud Bahromov Doniyorning aybiga iqrorligini, qilmişidan puşaymonligini, jabrlanuvçining daʼvosi yöqligini inobatga olib, unga Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosini tayinladi.









