U.R. Majburiy ijro byurosi Mingbuloq tuman bölimida bölim boşliği örinbosari lavozimida işlab kelgan.
2020 yilning avgust oylarida bölimga tuman davlat soliq idorasi tomonidan “Muxammad bobur yengilmas trans” MÇJga nisbatan 898.919.351 söm qöşimça soliqni undiriş yuzasidan ijro hujjati kelib tuşgan.
Uşbu ijro hujjatini nazorat qiliş U.R. zimmasida bölgan. “Sud hujjatlari va boşqa organlar xujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi Qonunining 40-moddasiga asosan jamiyatning 898.919.351 söm miqdoridagi soliq qarzdorligini undirişning imkoniyati yöqligi sababli 2020 yil 21 sentyabrda MIB ijroçisi tomonidan tamomlaş töğrisida qaror qabul qilingan.
Buni bilgan holda U.R. jamiyat rahbari A.K. bilan uçraşib unga qarzlarni tölaşi lozimligini aytgan, keyin pulga ehtiyoji borligi sababli M.K.ni telefon orqali bölimga çaqirgan va u bilan körişib ijro işi böyiça gaplaşib, işini yengillaştirib berişni söragan. Şunda U.K. 3.000 AQŞ dollari bersa ijro işini tamomlab berişini aytgan. M.K. yonida 1.000 AQŞ dollari borligi, hozir şuni bera olişligi, qolganini 5-6 kunda qilib berişini aytgan.
U bunga rozi bölib, uşbu pullarni bölim binosi atrofida joylaşgan oziq-ovqat dökoniga taşab ketişini aytgan. 2020 yil 14 sentyabr kuni M.K. 1.000 AQŞ dollarini savdo dökoniga taşlab ketgan. U.R. 1.000 AQŞ dollarini olib, uşbu pullarni öz ehtiyoji uçun işlatib yuborgan, ertasiga yana M.K.ga telefon qilib 2.230.000 söm davlat boji tölaşi lozimligini aytgan, M.K. rozi bölib, 2020 yil 15 sentyabrda uşbu pullarni öşa dökonga taşlab ketganida bu pullarni ham olib, şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan, keyinroq M.K.ga qayta telefon qilib, qolgan pullarni ham tezroq berişi lozimligini ijro işi orqasiga qaytib ketişi mumkinligini aytgan.
Şundan söng M.K. holat böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organga murojaat qilgan. 2020 yil 5 oktyabrda U.R. 2000 AQŞ dollarini olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlangan.
Uşbu jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Namangan tuman sudi tomonidan atrofliça körib çiqilib, 2021 yil 5 fevraldagi hukmiga asosan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan aybli deb topilib, 2 yil muddatga mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda işlaş huquqidan mahrum qilinib, 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Komiljon Bakiyev,
JIB Namangan tuman sudi devonxona mudiri









