Ijtimoiy tarmoqlarda içki işlar va Milliy gvardiya xodimlari yölning qatnov qismidan bir qizni sudrab olib çiqib ketişayotgani aks etgan video tarqaldi. Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi.
Uşbu voqea 22 noyabr kuni soat 01.45 atrofida poytaxtning Mirobod tumanida sodir bölgan. Toşkent şahar IIBB post-patrul xizmati xodimi xizmat vazifasini bajarayotib, Şahrisabz köçasida ilgari bir neça marotaba maʼmuriy javobgarlikka tortilgan (190-modda. «Fohişalik bilan şuğullaniş» va 194-modda. «Qonuniy talablarga rioya qilmaslik») 25 yoşli F.S.ni aniqlagan. Qiz öşa paytda mast holatida bölgan. U yaqinlaşayotgan içki işlar xodimini körib, yölning qatnov qismiga yotib olgan va bu orqali transport vositalarining ötişiga xalaqit bergan. F.S. örnidan turib, yölning qatnov qismini tark etişdan qatʼiyan boş tortganligi sababli, PPX va Milliy gvardiya xodimlari qizni yöldan olib çiqişga majbur bölişgan, deyiladi IIBB xabarida.









