19 yoşli qizning iş joyida zörlangani holati böyiça prokuratura maʼlumot berdi

19 yoşli qizning iş joyida zörlangani holati böyiça prokuratura maʼlumot berdi

Samarqand viloyatidagi korxonalarining birida işlagan 19 yoşli qiz tungi navbatçilik vaqtida zörlangani aytilgandi. Keyinçalik holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi va gumondor qamoqqa olindi. Viloyat prokurori uşbu jinoyat işini şaxsiy nazoratiga olgani maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, M.B.ning F.A. özining Spark avtomaşinasida uning qöllarini boğlab, majburlab nomusiga tekkani töğrisidagi murojaati yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv natijasiga köra 12 iyun kuni jinoyat işi qözğatilgan.

23 iyun kuni viloyat prokurori Ravşan Maşaripov va senator Farmon Toşev boşçiligida viloyat prokuraturasi va IIB rahbarlarining sohaviy örinbosarlari, tarmoq rahbarlari, IIB tergovçilari, jabrlanuvçi, ayblanuvçi, ularning vakillari va himoyaçilari, keng jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida viloyat prokurori jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari malakali ötkazilmaganini, muqaddam şunga öxşaş holatlarda yöl qöyilgan kamçiliklar hali ham takrorlanib kelayotganini, aybdor aniq bölsa-da, holat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgandan söng ayblanuvçiga nisbatan 21 iyun kuni ehtiyot çorasi tanlanganini taʼkidladi.

Maʼlum qilinişiça, viloyat prokurori tomonidan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlarini davom ettiriş prokuratura organlari tergovçilariga topşirilib, şahar IIB xodimlarining harakatlari böyiça içki işlar vaziri nomiga xizmat tekşiruvi tayinlandi va iş prokurorning şaxsiy nazoratiga olingan.

×