Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MÇJga 2019 yil 14 fevralda berilgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş faoliyati bilan şuğullanişga ruxsat etuvçi 0039-sonli litsenziya töxtatganligini maʼlum qildi.
Aniqlanişiça, “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MÇJ mansabdor şaxslari xorijda işga joylaşiş istagida agentlikka murojaat qilgan jami 211 nafar fuqaroni Janubiy Koreya Respublikasida malaka talab qilinmaydigan böş iş örinlariga işga yuboriş, ularga 2 ming AQŞ dollari miqdorida oylik iş haqi berilişiga işontirib, firibgarlik yöli bilan ularning har biridan 3 mln. sömdan jami 633 mln. söm olib, pul mablağlarini özlaştirgan va belgilangan muddatda fuqarolarni işga yubormagan.
Şunga köra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasidan taşqarida iş izlayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça faoliyatni litsenziyalaş tartibi töğrisida”gi Nizomining 45 va 46-bandlariga muvofiq, “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MÇJ litsenziyasini töxtatiş töğrisida qaror qabul qildi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasidagi vaqtinçalik mehnat faoliyatini yölga qöyiş ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan Anglaşuv memorandumi asosida amalga oşiriladi. Unga köra, Ye9 viza bilan fuqarolarni Koreya Respublikasiga işga joylaştiriş vakolati faqatgina Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan. Koreya Respublikasida işga joylaştiriş xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi.









