Rossiyaga jönataman deb, 700 kişini aldagan kompaniya direktori hibsga olindi

Rossiyaga jönataman deb, 700 kişini aldagan kompaniya direktori hibsga olindi

Pandemiya paytida fuqarolarni çet davlatga jönatmoqçi bölib, 700 ga yaqin kişini aldagan kompaniya direktori hibsga olindi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum bölişiça, örnatilgan karantin çeklovlari davrida kompaniya fuqarolarga Rossiyaga aviaçipta rasmiylaştirib, uşbu davlatga kiriş uçun zarur hujjatlarni olişda yordam berişga vaʼda bergan.

Ammo kompaniya direktori uşbu vaʼdalarni bajarmaydi va olgan pullarni öz ehtiyojlari uçun sarflab yuboradi.

2020 yil 22 oktyabridan 2021 yil 13 yanvarigaça respublika böyiça uşbu kompaniya orqali 190 nafar fuqaro aviaçipta va boşqa hujjatlarni rasmiylaştirib, aldangan hamda yana 500 nafar fuqaroning nomiga hujjatlar rasmiylaştirilgani aniqlangan.

Bugungi kunda kompaniya direktori va taʼsisçisi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan gumonlanuvçi sifatida uşlangan.

×