Namangan viloyati Çortoq tumanida Janubiy Koreyaga işga jönatiş uçun fuqarolardan pul olgan şaxs uşlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.
Qayd etilişiça, 6 mart kuni tumanning Yaxşi niyat köçasida yaşovçi M.A. (45 yoşli) tuman içki işlar bölimi boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U arizada fevral oyida O.J. (46 yoşli) u va yana 20 dan ortiq fuqaroning işonçiga kirib, ularni Rossiya orqali Janubiy Koreyaga işga yuborişini aytib, jami 6 ming 200 dollar pullarini aldov yöli bilan olganini maʼlum qilgan. O.J. bergan vaʼdasini bajarmasdan, turli bahonalar qilib, olgan pullarni öz ehtiyoji yölida sarflab yuborgan. M.A. unga nisbatan tegişli çora körişni söragan.
Holat yuzasidan fuqaro O.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









