Aliment haqida eng köp söraladigan savollarga javoblar

Aliment haqida eng köp söraladigan savollarga javoblar

Özbekiston Adliya vazirligi aliment haqida eng köp beriladigan savollarga javob tayyorladi.
 

1. Aliment qanday tartibda undiriladi?

Voyaga yetmagan bolaga aliment tölaş tartibini ota-ona özaro kelişgan holda belgilaşga haqli. Uşbu majburiyat ixtiyoriy ravişda bajarilmasa ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyruğiga asosan aliment undiriladi.

2. Aliment qaçondan undirila boşlaydi?

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boşlab undiriladi.

Agar taʼminot uçun mablağ oliş çoralari sudga murojaat qilingunga qadar körilganligi, ammo aliment tölaşi şart bölgan şaxsning uni tölaşdan boş tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, ötgan davr uçun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boşlab uç yillik muddat doirasida undirib olinişi mumkin.

3. Aliment qança miqdorda undiriladi?

Agar voyaga yetmagan bolalariga taʼminot beriş haqida ota-ona örtasida kelişuv bölmasa, aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi iş haqi va (yoki) boşqa daromadining bir bola uçun — 1/4 qismi; ikki bola uçun — 1/3 qismi; uç va undan ortiq bola uçun — ½ qismi miqdorida undiriladi.

Voyaga yetgan bolaga alimentning miqdori sud tomonidan har oyda pul bilan tölanadigan qatʼiy summada belgilanadi.

4. Aliment tölovçi heç qayerda işlamasaçi?

Agar aliment tölovçi işlamasa aliment örtaça oylik iş haqi miqdori böyiça hisoblab çiqiladi.

5. Aliment miqdorini kamaytiriş yoki aliment tölaşdan ozod etiş mumkinmi?

Ha, mumkin. Aliment tölovçining boşqa voyaga yetmagan bolalari bölib, undan aliment undirilganda öşa bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan kamroq taʼminlanib qoladigan bölsa, şuningdek, qonunçilikda belgilangan boşqa bir qator hollarda aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda qarzdorlarning çetga çiqişini çeklovçi yangi tartib tasdiqlangan. Unga köra 1,1 mln sömdan ortiq qarzi bor fuqarolarga Özbekistondan çiqiş taqiqlanadi.

×