ChatGPT (sunʼiy intellekt)dan diniy savollarga javob izlaş amaliyoti şarʼiy jihatdan joiz emas. Bu haqda Musulmonlar idorasi maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, ChatGPT va şunga öxşaş sunʼiy intellekt platformalari diniy savollarga javob berişga ojizlik qiladi.
“Töğri, ChatGPT platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga töğri javob berişga ojizlik qiladi. Çunki u ham inson omili tomonidan işlab çiqilgan bir mahsulot”, deyiladi idora xabarida.
Qöşimça qilinişiça, ChatGPT baʼzan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berişi mumkin.
“Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boşqa fiqhiy manbalarda uçramaydi. Şu bois şarʼiy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qiliş orqali yeçim topiş darkor”, deyiladi xabarda.









