Toşkentda özini huquq-tartibot idorasi xodimi sifatida taniştirib, maqtangan yigitni urib öldirişdi. Bu haqda Sputnik Özbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot-xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
Hodiça 18 fevral kuni keçki vaqt Yaşnobod tumani Katta Qöyliq mahallasida joylaşgan kafelarning birida sodir bölgan.
23 yoşli Ağzamjon tanişi – 28 yoşli Bobomurod bilan birgalikda spirtli içimlik içib ötirganida, gap orasida Bobomurod “Milliy gvardiya va IIB xodimiman”, deb maqtanib, tanişini şaxsiyatga teguvçi sözlar bilan haqorat qiladi.
Şundan söng, Ağzamjon “senlar meni 10 sutkaga qamatgansizlar”, deya Bobomurodni mahalla hududidagi yer osti yölagiga olib borib, u yerda tanasining turli joylariga oyoq va qöllari bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yaşirinadi. Natijada Bobomurod olgan tan jarohatlarining oqibatida hodisa joyida vafot etadi.
Mazkur holat yuzasidan Ağzamjonga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida, marhum Bobomurod Milliy gvardiya xodimi emasligi, 2-guruh nogironi bölib, heç qayerda işlamasligi, Ağzamjon esa mardikorlik bilan şuğullanib bir neça marotaba maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganligi tufayli, unga nisbatan 10 sutka qamoq jazosi qöllanilganligi maʼlum bölgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.









