10 fevral soat 10:00 atrofida Namangan viloyati, Uyçi tumanidan oqib ötuvçi Norin daryosi köprigida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya xodimi A.Abdulvoxidov daryoda çökayotgan ayolga közi tuşib qolgan.
Xodim ayolni qutqariş maqsadida zudlik bilan özini suvga taşlagan. Ayolni kuçli oqim domidan olib çiqib, qirğoqdagi şerigi qöliga topşirgan holda, uning hayotini saqlab qolgan. Ammo Abdulxodini daryoning kuçli oqimi olib ketib qolgan. Ayol esa zudlik bilan şifoxonaga yetkazildi.
Maʼlum bölişiça, qutqarilgan ayol 1994 yilda Namangan tumanida tuğilgan, Ruhiy kasalliklar dispanserida röyxatda turuvçi N.O. bölib, joniga suiqasd qiliş maqsadida daryoga özini taşlagan.
Milliy gvardiya matbuot xizmatiga köra, holat yuzasidan tegişli organ xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Milliy gvardiya xodimi A.Abdulvoxidovning holati haqida hozirgaça heç qanday maʼlumot yöq. Qidiruv-qutqaruv işlari hamon olib borilmoqda.









