Milliy gvardiya xodimi qasddan öldirilgani aytilmoqda

Milliy gvardiya xodimi qasddan öldirilgani aytilmoqda

Özbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Buxoro viloyati böyiça boşqarmasi Qöriqlaş boşqarmasi safdor xodimlari H.A. va N.O. özlariga biriktirilgan hududda xizmatga jalb qilinadi.

Ular joriy yilning 20 dekabr kuni soat 05:15 larda Gazli Neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasiga qaraşli «Qumli GTK mobil» yönalişining 34-42 kilometridagi yönalişni qöriqlaş uçun «Niva» rusumli xizmat avtomaşinasida qöriqlanadigan hududga borişadi. Avtomaşinadan tuşib, yönaliş quvurining taʼqiqlangan qismidan «UAZ» rusumli avtomaşina harakatlanib kelayotganini körişadi.

Haydovçi Qoraköl tumani «Kuydim» mahallasida yaşovçi, 1977 yilda tuğilgan A.A. ga töxtaş işorasi bergan bölsalarda, u xodimlarning qonuniy talabiga böysunmaydi. Harakatlanişni davom ettirib, H.A.ni avtomaşinaning old qismi bilan qasddan urib yuboradi va voqea joyidan qoçib ketadi. Oqibatda oğir tan jarohati olgan safdor xodim H.A. voqea joyida vafot etadi.

Mazkur holat yuzasidan A.A. ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi «G» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçiga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. 

×