Bugun poytaxt hokimligida Toşkent şahriga koronavirus infektsiyasini kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş böyiça Toşkent şahar ştabi rahbari, Toşkent şahar hokimi J.Ortiqxöjayev boşçiligida maxsus yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda Toşkent şahar hokimi örinbosarlari, şahar sektor rahbarlari, tuman hokimlari va boşqarmalar rahbarlaridan iborat ştab aʼzolari qatnaşdilar.
Yiğilişda sönggi kunlarda Toşkent şahrida koronavirus infektsiyasiga çaliniş holatlari ortayotganligi yuzasidan Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining axboroti tinglandi.
Şuningdek, mavjud vaziyatni nazoratga oliş, şahrimizning barça tumanlari, mahallalari, iş joylari va taʼlim maskanlari, şuningdek, aholi köp töplanadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat transportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga töliq rioya qilinişini taʼminlaş muhimligi alohida taʼkidlab ötildi.
Poytaxtimiz hududida koronavirus infektsiyasining keng tarqalişini oldini oliş hamda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigiyena tartib qoidalariga aholi tomonidan töliq rioya etilişini nazoratga oliş böyiça masʼullarga topşiriq va körsatmalar berildi.
Yiğiliş yakunida Ştabning tegişli qarori qabul qilindi.









