Pokistonda jangarilar fond birjasiga hujum uyuştirdi

Pokistonda jangarilar fond birjasiga hujum uyuştirdi

Terrorçilar bino içiga avtomobillar turargohi orqali kirişga uringan. Buning iloji bölmagaç, ular öt oçişgan va bir neçta granata portlatişgan.

29 iyun kuni Pokistonning Karaçi şahridagi fond birjasiga jangarilar tomonidan hujum uyuştirildi. Geo News telekanalining xabar berişiça, hujum qilgan tört nafar terrorçining barçasi öldirilgan. Bundan taşqari, tört nafar qöriqçi va bir nafar politsiyaçi halok bölgan. Ikki kişi jarohatlangan.

Terrorçilar bino içiga avtomobillar turargohi orqali kirişga uringan. Buning iloji bölmagaç, ular öt oçişgan va bir neçta granata portlatişgan.

Hozirça hududdagi heç qaysi terrorçi guruh hujum uçun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

Pokistonda eng yirik terrorçilik hujumlaridan biri 2016 yil yanvarda sodir bölgandi. Öşanda bir neça qurolli jangari Çorsadda şahridagi universitet yotoqxonasiga hujum qilgandi. Hujum oqibatida 20 kişi, jumladan, talabalar, öqituvçilar, qöriqçilar, politsiya xodimi va terrorçilarning özlari halok bölgandi. 

×