Namangan viloyatida ota-bolalar is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, holat keça, 18 noyabr kuni soat 7:30 larda Pop tumani “Iskovut” MFY Qörğontepa köçasida sodir bölgan. 1988 yilda tuğilgan A.B. (erkak) voyaga yetmagan farzandlari 2014 yilda tuğilgan O.A. hamda 2010 yilda tuğilgan A.A. yaşaş xonadonida isitiş uçun örnatilgan, qölbola usulda tayyorlangan peçkaga yoqilgan tabiiy gazdan çiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan.
Şuningdek, xonadonda bölgan erkakning turmuş örtoği G.M. is gazidan zaharlanib, oğir holatda tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy yordam natijasida ayolning hayoti saqlab qolingan.
“Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.









