Örta Çirçiqda ayol va ikki qizi zaharlandi. 13 yaşar qiz vafot etdi

Örta Çirçiqda ayol va ikki qizi zaharlandi. 13 yaşar qiz vafot etdi

Joriy yilning 5 noyabr kuni Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida ayol va uning ikki qizi nomaʼlum gazdan zaharlandi. Qizlardan biri vafot etdi. Bu haqda tuman hokimining hodisani örganiş uçun komissiya tuziş töğrisidagi qarorida söz boradi.

Maʼlum qilinişiça, tumanning “Adolat” mahallasi, Furqat köçasidagi uyda yaşovçi fuqarolar 1967 yilda tuğilgan B.A., 1995 yilda tuğilgan M.M. va 2008 yilda tuğilgan M.A. nomaʼlum gazdan zaharlanib, Nurafşon şahar tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şoşilinç tez yordam bölimiga olib kelingan.

6 noyabrda 2008 yilda tuğilgan M.A. Nurafşon şahar tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Bolalar şifoxonasida vafot etgan.

Şu sababdan tumanda baxtsiz hodisa sodir bölganda uning sabablarini tekşiriş böyiça dastlabki zarur çoralarni köriş, baxtsiz hodisa sabablarini tekşiriş komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

×