Kunduzi «fara»larni yoqib yuriş böyiça talab bekor qilindi

Kunduzi «fara»larni yoqib yuriş böyiça talab bekor qilindi deya xabar bermoqda, Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Joriy yilning 17 dekabr sanasida keng jamoatçilikning fikrini inobatga olgan holda, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartirişlar kiritiş, şuningdek, baʼzilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi 796-son qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori asosida barça avtomototransport vositalari uçun yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlaniş talabi bekor qilindi.

Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6 ta holat böyiça majburiy etib belgilandi:

- transport vositalari taşkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;

- yölovçilarni taşiyotgan avtobus va yönalişli transport vositalarida;

- bolalar guruhini taşkiliy taşişda;

- xavfli, katta ölçamli va oğir vaznli yuklarni taşişda;

- mexanik transport vositalarini şatakka olişda;

- mototsikl va mopedlarda.

Uşbu talablar yöllarda harakat xavfsizligini taʼminlaşga, şuningdek, yöl harakati iştirokçilarining hayoti va soğliğini asraşga xizmat qiladi.

×