Din işlari böyiça qömita ogohlantiriş bilan çiqdi

Din işlari böyiça qömita ogohlantiriş bilan çiqdi

Din işlari böyiça qömita fuqarolarga murojaat qilib, ularni har qanday noqonuniy yöllar bilan hajga bormaslikka çaqirdi. 

Maʼlum qilinişiça, qömitaga Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligidan xabarnoma kelib tuşgan. Uşbu xabarnomada ruxsatnomasiz haj amallarini bajarişga harakat qiliş tegişli tartibda javobgarlikka sabab bölişi eslatilgan.

Şuningdek, uşbu xabarnomaga Saudiya Içki işlar vazirligining maxsus bayonoti ham ilova qilingan.

Qömitaga köra, belgilangan tartibga muvofiq Haj amallarini bajariş uçun ziyoratçida “Haj-2025” vizasi bölişi şart. Saudiya Arabistoni hukumati qolgan barça turdagi vizalar – umra, turizm, biznes, ziyorat va boşqalar bilan haj tadbirini amalga oşirişga qatʼiy yöl qöymaydi.

Bildirilişiça, hozirda ayrim turfirmalar va uçinçi davlatlar orqali Özbekiston fuqarolarini haj ziyoratiga jönatişga harakatlar kuzatilmoqda.

“Saudiya huquq tartibot idoralari tomonidan amalga oşirilayotgan reydlar natijasida noqonuniy ravişda Haj ibodatini amalga oşirişga uringan şaxslarga nisbatan jazo çoralari qöllaniladi va mamlakatdan deport qilinadi”, deyiladi xabarda.

“Haj” tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-son “Haj” va “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida ötkaziladi. Şunga köra, “Haj” tadbiri Din işlari böyiça qömita va Saudiya Arabistoni Podşohligi Haj va umra vazirligi örtasida har yili imzolanadigan şartnoma asosida Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oşiriladi hamda bunday faoliyat bilan boşqa taşkilotlarning şuğullanişiga yöl qöyilmaydi.

“Şunday ekan, yurtdoşlarimizni turli aldov yöllari bilan hajga olib borişni vaʼda qilayotgan firibgarlarga işonmaslikka çaqiramiz”, deyiladi qömita xabarida.


Teglar:
×