Tarixda birinçi marta Rossiya Xalqaro sudga kiritilmadi

Tarixda birinçi marta Rossiya Xalqaro sudga kiritilmadi

Keça, 9 noyabr kuni BMT Boş Assambleyasida bölib ötgan ovoz beriş jarayoni natijasiga köra, Rossiya vakili Kirill Gevorgyan Gaagadagi Xalqaro sudga ikkinçi muddatga saylanolmadi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi. 

2015 yildan beri Xalqaro sud sudyasi bölib kelayotgan Gevorgyan Boş Assambleyaning 117 nafar aʼzosi qöllab-quvvatlagan Ruminiya vakili Bogdan-Luçian Aureskuga yutqazdi.

Aureskudan taşqari yana uç nafar yangi sudya Xalqaro sudga saylangan – Sara Xall Klivlend (AQŞ), Xuan Verduzko (Meksika) va Dire Tladi (Janubiy Afrika), şuningdek, bitta amaldagi sudya, Avstraliya vakili Hilari Çarlzuort qayta saylangan.

Qayd etiş joizki, sobiq sovet ittifoqi va Rossiya sudyalari 1946 yildan beri Birlaşgan Millatlar Taşkilotining sud tizimida işlaydi. Bugungi saylov natijasiga köra, birinçi marta Xalqaro sudda Rossiya vakili bölmaydi.

Maʼlumot uçun, Xalqaro sud 15 sudyadan iborat bölib, ularning vakolat muddati töqqiz yil. Şu bilan birga, böş qolgan beş örin uçun har uç yilda bir marta saylovlar ötkaziladi. Ketma-ket bir neça muddat xizmat qiliş uçun heç qanday taqiq yöq.

Eʼtiborli jihati şundaki, hozirda Gaagadagi Xalqaro sud Ukrainaning Rossiyaga qarşi ikkita daʼvosini körib çiqmoqda. Birinçisi, 2014 yilda Ukraina şarqidagi rossiyaparast ayirmaçilarning harakatlari va Rossiya Federatsiyasi tomonidan noqonuniy ravişda anneksiya qilingan Qrim bilan boğliq. 34 davlat iştirok etayotgan ikkinçi jarayon esa Rossiya Federatsiyasining Donbassda daʼvo qilingan genotsid haqidagi daʼvolari bilan boğliq. Kiyevning taʼkidlaşiça, Rossiya “Genotsidning oldini oliş töğrisidagi konventsiya”ni suiisteʼmol qilib, undan Ukrainaga qarşi bosqinçilik uruşini oqlaş uçun foydalanmoqda.


Teglar:
×