Prezident yangi qarorni imzoladi

Prezident yangi qarorni imzoladi

2020 yil 28 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti «Lazgi» xalqaro raqs festivalini taşkil etiş va ötkaziş töğrisida»gi qarorni imzoladi. Uning matni ÖzAda eʼlon qilindi.

Qayd etilişiça, mamlakatimizning boy raqs sanʼati tarixida alohida örin egallagan «Xorazm lazgi raqsi» öziga xos ijro uslubi va jozibasi bilan nafaqat Özbekistonda, balki çet davlatlarda ham maşhurdir. YUNESKO tomonidan «Xorazm lazgi raqsi» insoniyatning nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritilganligi ham uning betakror sanʼat ekanligidan dalolat beradi.

«Xorazm lazgi raqsi» sanʼatining asriy anʼanalarini saqlaş va rivojlantiriş, raqs sanʼati orqali xalqlar örtasidagi döstlik, birodarlik riştalarini mustahkamlaş, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik kölamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytiriş maqsadida Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi va Xorazm viloyati hokimligining 2022 yildan boşlab har ikki yilda bir marotaba 25-30 aprel kunlari Xiva şahrida «Lazgi» xalqaro raqs festivalini hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyani ötkaziş töğrisidagi taklifi maʼqullandi.

Xorazm viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi Festivalni taşkil etiş va ötkaziş böyiça masʼul organlar etib belgilandi.

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi va Xorazm viloyati hokimligi 2021 yil 1 dekabrga qadar tajribali rejissyor, taniqli sanʼatkor, prodyuser, kompozitor, şoir va sohaning malakali mutaxassislarini jalb etgan holda Festivalning oçiliş va yopiliş marosimlari stsenariy va badiiy dasturlarini tayyorlaydi;

Taşqi işlar vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 fevralga qadar Festival va uning doirasida ötkaziladigan «Özbek milliy raqsining jahon raqs sanʼatidagi örni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada xorijiy mamlakatlardan iştirok etadigan raqs sanʼati ustalari, musiqaşunos va sanʼatşunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar röyxatini şakllantiradi.

Taşqi işlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Xorazm viloyati hokimligi Festivalni YUNESKO şafeligi ostida ötkaziş çoralarini köradi.

Madaniyat vazirligi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Özbekiston Badiiy akademiyasi, «Özbekkino» milliy agentligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi, «Hunarmand» uyuşmasi va «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi bilan birgalikda:

Festival doirasida Xiva şahridagi «Içan-qalʼa» majmuasi hududida raqs sanʼatiga oid körgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandçilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, haykaltaroşlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyişi hamda ularning savdosi taşkil etilişini;

Festival dasturini işlab çiqiş va uning Festivaldan uç oy avval turistik taşkilotlarga taqdim etilişi, Internet tarmoği va ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilişini taʼminlaydi.

Belgilanişiça, Festivalni taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq sarf-xarajatlar Madaniyat vazirligi tomonidan işlab çiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda qoplanadi:

70 foizi — Özbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlar uçun har yilgi ajratiladigan mablağlar hisobiga;

30 foizi — Xorazm viloyatining mahalliy byudjeti, homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga.

Mazkur qarorning ijrosi quyidagi tartibda amalga oşiriladi:

Boş vazir örinbosari, Taşkiliy qömita raisi B.Musayev — Festival va uning doirasida ötkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyani yuqori badiiy va ilmiy saviyada taşkil etilişini taʼminlaydi;

Boş vazirning örinbosari — Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.Abduhakimov — Festivalni turizm kalendar rejasiga kiritiş, unga xorijiy sayyohlarni jalb qiliş hamda Festival qatnaşçilari va mehmonlar uçun mehmonxonalardan joylarni oldindan band qiliş çoralarini köradi;

Madaniyat vaziri O.Nazarbekov — musiqaşunos va sanʼatşunos olimlar, taniqli sanʼatkorlarni jalb qilgan holda Festivalning oçiliş va yopiliş marosimlari stsenariy hamda badiiy dasturlarini yuqori saviyada işlab çiqadi;

Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov — Xiva şahrida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirilişini, Festival ötkaziladigan sahna maydonlari va zallarning talab darajasida tayyorlanişini hamda «Içan-qalʼa» majmuasi hududida raqs sanʼatiga oid körgazmalar taşkil etilişini taʼminlaydi;

Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «Dunyo» axborot agentligi — Festivalga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni atrofliça yoritib boradi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklatildi.

×