Prezident jurnalistikaga oid yangi qarorni imzoladi

Prezident jurnalistikaga oid yangi qarorni imzoladi

Özbekiston prezidenti 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oşiriş maqsadida «Ommaviy axborot vositalarini qöllab-quvvatlaş va jurnalistika sohasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzolagan.

Unga köra, 2022 yil 1 iyuldan boşlab 2025 yil 1 iyulga qadar:

  • ommaviy axborot vositalari foyda soliğini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari böyiça tölaydi, reklama xususiyatiga ega bölgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno;
  • Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan, belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxat böyiça olib kiriladigan matbaa uskunalari, zamonaviy foto va radiotelevizion uskunalar hamda qoğoz bojxona bojidan ozod etiladi;
  • 2023 yildan boşlab tegişli davlat organlari va taşkilotlari hamda boşqa muassasalarga 110 nusxa davriy bosma naşrlar va 67 nusxa kitob mahsulotlarining majburiy bepul nusxalarini yuboriş amaliyoti bekor qilinib, ular tomonidan bosma mahsulotlarni xarid qilib oliş tartibi joriy qilinadi (Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi bundan mustasno). Bunda, tegişli davlat organlari tomonidan xarid qilib oliş uçun Davlat byudjetidan mablağ ajratiladi;
  • byudjet taşkilotlariga ulardagi «kutubxona fondi» xarajat moddasi orqali davriy bosma naşrlar, ularning elektron şakli va elektron ommaviy axborot vositalariga obuna böliş uçun mablağ yönaltirişga ruxsat beriladi.

2022 yil 1 oktyabrdan boşlab bolalar uçun möljallangan tele- va radiomahsulotlarni işlab çiqariş va efirga uzatiş böyiça har yili eng yaxşi 30 ta loyiha uçun har biri bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravarigaça miqdorda bölgan tanlov eʼlon qilinadi.

Faol jurnalistlarni muntazam rağbatlantiriş va ular örtasida ijodiy soğlom raqobat muhitini rivojlantiriş maqsadida har çorakda:

  • ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan 100 tagaça eng yaxşi material uçun mualliflar (ijodiy guruh aʼzolari) quyidan yuqoriga ösib boriş tartibida bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravarigaça miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
  • amaliy va dolzarb ahamiyatga ega bölgan 100 tagaça eng yaxşi tahliliy materialni tayyorlaş va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiliş uçun davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini beriş böyiça tanlov eʼlon qilinadi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi eng yaxşi materiallarni keng jamoatçilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan oçiq va şaffof usulda elektron aniqlaş tizimi – maxsus elektron platformani işga tuşiradi.

Şuningdek, 2023 yildan boşlab jurnalistlar örtasida har yili anʼanaviy ötkazib kelinayotgan «Oltin qalam» milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovni demokratik tamoyillar asosida yanada oçiq va şaffoflik bilan ötkazilişi aytilgan.

«Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindorlari:

  • boş milliy mukofot uçun – avtomobil;
  • birinçi örin uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravari;
  • ikkinçi örin uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 175 baravari;
  • uçinçi örin uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 150 baravari;
  • 12 ta rağbatlantiruvçi nominatsiyaning har biri uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bundan taşqari, barça davlat organlari va taşkilotlari öz muassisligidagi davriy bosma naşrlarning zamonaviy elektron şakli, şu jumladan, mobil ilovalari tegişli davlat organlari va taşkilotlariga 2022-2024 yilda ajratilgan Davlat byudjeti hamda ularning byudjetdan taşqari mablağlari va qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan yaratilişini taşkil etadi, keyingi yillarda ularni modernizatsiya qiliş uçun mablağ ajratib boradi.

2023 yil yanvardan boşlab:

  • davlat organlari va taşkilotlari muassisligida bölmagan hamda davlat röyxatidan ötkazilganiga kamida ikki yil bölgan davriy bosma naşrlarning zamonaviy elektron şaklini, şu jumladan, ularning mobil ilovalarini yaratiş hamda modernizatsiya qiliş va bir yil davomida yuritiş xarajatlarini qoplaş uçun 2026 yil 1 yanvarga qadar har yili eng yaxşi 20 ta loyiha böyiça tanlov eʼlon qilinadi. Bunda, har bir tanlov uçun Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravarigaça bölgan miqdorda mablağ ajratiladi;
  • davriy bosma naşrlar, kitob va boşqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib obuna böliş va ularning buyurtmaçigaça öz vaqtida yetkazib berilişini kuzatib boriş imkonini beradigan «Obuna» yagona elektron platformasi, şu jumladan, uning mobil ilovasi yaratiladi;
  • 2026 yil 1 yanvarga qadar jismoniy şaxslar tomonidan «Obuna» yagona elektron platformasi orqali obuna qilingan ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma naşrlar obuna narxining 10 foiz, bolalar uçun möljallangan davriy bosma naşrlar obuna narxining 20 foiz miqdori Davlat byudjeti mablağlari hisobidan obunaçilarning bank kartalariga bir oy muddat içida qaytariladi (Cashback), reklama xususiyatiga ega bölgan davriy bosma naşrlar bundan mustasno.

2022 yil 1 sentyabrdan boşlab:

  • a) oliy taʼlim muassasalarida jurnalistika yönalişi böyiça taʼlim beradigan professor-öqituvçilarning mualliflik körsatuv va eşittirişlari hamda yirik tahliliy maqolalari ularni moddiy rağbatlantiriş nuqtai nazaridan ilmiy maqolaga tenglaştiriladi;
  • b) ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, naşriyotlar, matbaa korxonalari va axborot xizmatlarida kamida beş yil işlagan hamda uşbu yönalişlar böyiça oliy taʼlim muassasalarida dars berayotgan, Özbekistonning faxriy unvonlariga ega bölgan şaxslar mehnatga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş şartlariga köra professor va dotsent ilmiy unvoniga ega bölgan şaxslarga tenglaştiriladi;
  • v) oliy taʼlim muassasalari rektorlariga jurnalistika sohasi böyiça kadrlar tayyorlaş jarayoniga ommaviy axborot vositalarining taniqli va tajribali xodimlarini, sohaning yetuk mutaxassislarini jalb qiliş va ular mehnatini oliy taʼlim muassasasining byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan qöşimça rağbatlantiriş huquqi beriladi;
  • g) jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari kafedralarining ixtisoslaştirilgan bölimlari taşkil etiladi;
  • d) ommaviy axborot vositalarida kamida bir yil davomida asosiy iş joyi sifatida işlab kelayotgan jurnalistlar va tahririyat xodimlarining xorijiy tillarga öqitiş böyiça öquv kurslarida öqiş xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravaridan oşmagan qismi kompensatsiya qilinadi. Bunda, ular xorijiy tillar böyiça V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölişi hamda nodavlat taʼlim taşkilotida öqiş bilan boğliq haqiqiy xarajatlarni isbotlovçi hujjatlarni taqdim etişi lozim;
    xorijiy tillar böyiça V2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega böliş uçun imtihon topşiriş xarajatlari töliq kompensatsiya qilinadi.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi deb qayta nomlangan. Uyuşma Toşkent şahri, Şayxontohur tumani, Navoiy köçasi, 16-uy manzildagi binoga tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.

2023-2024 yillarda 50 nafar jurnalist va tahririyat xodimlari xorij mamlakatlariga malaka oşiriş, tajriba örganiş, stajirovka ötaş va nufuzli media tadbirlarda iştirok etiş uçun yuboriladi hamda ular uçun xorijlik malakali mutaxassislar jalb etilgan holda öquv kurslar taşkil etiladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari har yili Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasining tegişli hududiy bölimlari faoliyatini samarali taşkil qiliş, saqlaş xarajatlarini qoplaş va moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş uçun mahalliy byudjetning qöşimça manbalari hisobidan belgilangan tartibda subsidiya sifatida mablağ ajratib boradi.

Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ham Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi deb qayta nomlangan.

Toşkent şahri, Mirobod tumani, Matbuotçilar köçasi, 32-uy manzilida joylaşgan «Matbuot uyi» bino va inşootlari Özbekiston Milliy axborot agentligiga operativ boşqaruv huquqi asosida beriladi.

Uşbu binoga davriy bosma naşrlarning tahririyatlari ijara haqi tölamasdan (kommunal tölovlar va körsatiladigan boşqa xizmatlar bundan mustasno) joylaştirilişi mumkin.

×