Toşkentda niqoblangan kişilar uyga öğirlikka tuşdi

Toşkentda niqoblangan kişilar uyga öğirlikka tuşdi

Toşkent viloyati Zangiota tumanida yaşovçi fuqaroning uyiga yuziga niqob kiygan şaxslar ğayriqonuniy ravişda kirib,  bosqinçilik yöli bilan uni tunab ketişdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Keça, 5 noyabr kuni soat 03:30da A.E.  va Ç.A. yuzlariga niqob kiyib, bolta bilan qurollangan holda, fuqaro R.A.ning uyiga ğayriqonuniy ravişda kirib, unga tan jarohati yetkazib, qöl oyoqlarini elektr simi yordamida boğlab, yertölada saqlangan 30 mln  söm pullarini bosqinçilik yöli bilan egallab, hodisa joyidan yaşiringanlar. 

Birlamçi tibbiy maʼlumotnomaga köra, R.A.da “boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, çap tirsak suyagi örta uçligidan yopiq maydanalib sinib siljişi, öng yelka sohasi yuqori uçligi kesilgan” jarohatlari aniqlangan. 

Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan iş uçun ahamiyatga molik aşyoviy dalillar rasmiylaştirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Toşkent viloyati IIBB huzuridagi TB tomonidan A.E.  va Ç.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinçilik- uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirgan holda) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida A.E.  va Ç.A. uşlanib, iş böyiça gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, söroq qilinganlar. Söroq davomida ular iqrorlik körsatuvlarini berganlar hamda gumon qilinuvçi A.E.ning uyidan 13 mln 140 ming söm naqd pullar, 1 dona qora rangli niqob va 3 dona rezina qölqoplar aşyoviy dalil tariqasida olingan. 

Hozirda uşbu jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda va natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi, deyiladi xabarda. 

 Qalampir.uz Tahririyati

×