Endilikda töxtaş mumkin bölmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar evakuator yordamida yöldan olib taşlanadi. Bu haqida Toşkent şahar IIBB, yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 apreldagi “Yöl harakati qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qaroriga asosan amaldagi yöl harakati qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan edi.
Uşbu kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga köra 7.21 raqamli (evakuator işlamoqda) qöşimça axborot belgisi poytaxtimiz köçalarida örnatilgan. Mazkur belgi töxtaş mumkin bölmagan belgilari taʼsiri ostida qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinişini anglatadi.
Taqiq belgilari taʼsiri ostida agar transport vositasining haydovçisi bölmasa va töxtaş yoki töxtab turiş qoidalarining buzilişi yöl harakati iştirokçilarining harakatlanişiga xalaqit bersa Özbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 291-moddasiga köra transport vositasi uşlab turilişi uçun evakuatorda majburiy evakuatsiya qilinadi.
Toşkent şahar IIBB, yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi qonunçilikdagi mazkur özgarişlar amalga tatbiq etila boşlanganini eslatgan holda, aholidan öz avtomaşinalarni töxtaş va töxtab turiş taqiqlangan joylarda qoldirmasliklarini iltimos qilmoqda.









