Bugun, 6 noyabr kuni özbek-tojik çegarasida röy bergan qurolli töqnaşuv IŞID terrorçilik guruhi tomonidan amalga oşirilgan. Bu haqda Tojikiston milliy xavfsizlik qömitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
6 noyabr kuni bir guruh odamlar Tojikistonning “Sultonobod” çegara otryadi harbiy qismiga qaraşli 4-“Işkobod” çegara punktiga qurolli hujum qilişdi.
“2019 yil 3 noyabr kuni kunning qoronği vaqtidan foydalanib, guruh Afğonistonning Qalayi Zolning ulusvolli (tumani) hududida maxsus topşiriqqa binoan noqonuniy ravişda ötib ketişdi (barçasi IŞID aʼzolari) va Kubodiyon hududiga ötkazildi”, deyiladi Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qömitasi xabarida.
Ular Işqobod çegara zastavasini eng qulay joy sifatida tanlab, qurolli otişmaga kirişişgan.
Hujum paytida terrorçilar beşta öqotar qurolni tortib olişdi. Xavfsizlik kuçlari tomonidan olib borilgan operatsiya natijasida, qurşab olingan qurolli jinoiy guruhning 15 aʼzosi zararsizlantirildi, ulardan 5 nafari hibsga olindi.
Qurolli otişmada çegara qöşinlarining bir askari va Tojikiston Içki işlar vazirligining bir xodimi halok böldi.
Qalampir.uz Tahririyati









