Kiyev tongini qonga belagan “Kamikadze” dronlarining “vasiy”si kimligi maʼlum böldi

Kiyev tongini qonga belagan “Kamikadze” dronlarining “vasiy”si kimligi maʼlum böldi

Rossiya tomonidan Ukraina hududlarida foydalanilgan “Kamikadze” dronlari katta ehtimol bilan Eronga tegişli ekanligi aytilmoqda va bu Eronning BMT sanktsiyalarini oçiq-oydin çetlab ötayotgani haqida signal böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Eronning Rossiyaga portlovçi, uçuvçisiz samolyotlar yetkazib berişi BMT sanktsiyalarini buziş ekanligini AQŞ va uning Ğarb ittifoqçilari tomonidan taʼkidlandi. 

“Kamikadze” deb ataluvçi dronlar keça, 17 oktyabr kuni Kiyevga Rossiya tomonidan uçirildi va katta ehtimol bilan bu “uçoq”larning Eronda işlab çiqarilgani taxmin qilinmoqda.

AQŞ Davlat departamenti Frantsiya va Britaniyaning dronlar BMT Xavfsizlik Kengaşining 2231-rezolyutsiyasini buzganligi haqidagi bahosiga qöşilişini aytdi.

Eronning yadroviy kelişuvi bilan boğliq bölgan uşbu rezolyutsiya uning ayrim harbiy texnologiyalarni boşqa davlatlarga yetkazib berişini taqiqlaydi.

Ukraina dronlarni Eronning “Şahid-136” quroli ekanligini aniqladi. Ular Ikkinçi Jahon uruşida öz joniga qasd qiliş missiyalarini bajargan yapon qiruvçi-uçuvçilari şarafiga “Kamikadze” dronlari deb ataladi.

“Bizning işonçimiz komilki, Erondan Rossiyaga olib kelingan va Rossiya tomonidan Ukrainada qöllanilgan bu uçuvçisiz uçoqlar 2231 yilda ham embargoda turadigan qurollar qatoriga kiradi”, deydi davlat departamenti vakili Vedant Patel.

Eron hukumati esa dronlarni Rossiyaga yetkazib bermaganini aytmoqda.

Özini özi boşqaradigan bu “şovvoz”lar taʼsirida Ukrainaning Kiyev, Dnepr va Sumi viloyatlarida muhim infratuzilmaga zarar yetdi, yuzlab şahar va qişloqlarda elektr energiyasi uzildi, deya maʼlum qildi Kiyev hukumati.

Hujum oqibatida kamida sakkiz kişi halok böldi – tört nafari Kiyevda, tört nafari Sumida. AQŞ “Rossiyani harbiy jinoyatlari uçun javobgarlikka tortişini” maʼlum qildi.

Patelning aytişiça, Rossiya va Eron örtasidagi ittifoqning çuqurlaşişi butun dunyo tahdid sifatida körişi kerak.

Yevropa Ittifoqining Taşqi siyosat böyiça rahbari Jozep Borrelning aytişiça, Yevropa Ittifoqi ham Eron uçuvçisiz uçoqlari böyiça dalil töplamoqda va çora körişga tayyor, bu esa sanktsiyalarning kuçayişini nazarda tutadi.

Eron bilan 2015 yilgi yadroviy kelişuvni qayta tiklaş böyiça muzokaralar hozirda töxtab qolgan. Ğarb davlatlari bilan tuzilgan kelişuvga köra, Eron özining nozik yadroviy faoliyatini çeklaşga va iqtisodiy sanktsiyalarni bekor qiliş evaziga xalqaro inspektorlarni kiritişga rozi böldi.

Eslatib ötamiz, keça 17 oktyabr kuni Ukraina hududi böylab Kiyevga uyuştirilgan dronlar hujumlari hamda Dnepr va Sumi viloyatlariga raketa zarbalaridan söng havo ogohlantirişi eʼlon qilindi. Ukraina poytaxtida havo hujumi 3 soat 8 daqiqa davom etdi, yangi zarbalar soat 9:31 da berildi. Erta tongda signal qabul qilingani sababli, duşanba kuni Kiyevdagi barça taʼlim muassasalari masofaviy iş rejimiga ötkazildi.


×