AQŞning Toşkentdagi elçixonasi turistik viza bilan boğliq yangilikni eʼlon qildi

AQŞning Toşkentdagi elçixonasi turistik viza bilan boğliq yangilikni eʼlon qildi

AQŞ davlatiga noimmigratsion vizalarni oliş böyiça suhbatlar va arizalarni röyxatdan ötkaziş uçun joylar oçildi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, AQŞ elçixonasi haftaning har seşanba va payşanba kunlari soat 16:00 da sentyabrdan dekabrgaça bölgan muddat uçun viza suhbati örinlarini oçgan. Iyul va avgust oylari uçun esa joylar soni çeklangan va deyarli tölgan.

“Sayohatçilar viza uçun suhbat kunini bepul onlayn tarzda belgilaşdan avval, viza uçun anketani töldirib qöyişi zarur. Turistik viza 12 oy davomida amal qiladi, şu bois sizdan, viza rejalaringizni avvaldan belgilaşingizni söraymiz”, deyiladi elçixona xabarida.


×