Tashkent city xalqaro işbilarmonlik markazi Maʼmuriy kengaşining tegişli qaroriga muvofiq, Toşkent şahri Şayxontohur tumanida joylaşgan Tashkent city xalqaro işbilarmonlik markazi hududidagi zamonaviy dam oliş va istirohat boğini baholangan qiymatda oçiq tanlov savdolari orqali sotiş rejalaştirilgan. Bu haqida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi maʼlum qildi.
Şunga köra, uşbu zamonaviy dam oliş va istirohat boğini kelgusida xususiylaştiriş va undan kelgusida foydalaniş talablari, şuningdek xususiylaştiriş şartlari va şakllari böyiça «Master plan» işlab çiqiş uçun professional taşkilot tanlab oliş yuzasidan tanlov eʼlon qildi.
«Master plandagi obʼektni xususiylaştiriş va undan kelgusida foydalaniş böyiça taklif etiladigan tartib va talablar Özbekiston qonunçiligiga muvofiqligi, şuningdek obʼektning soha hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda işlab çiqilişi lozim», - deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etilişiça, professional taşkilot «Master plan»ni işlab çiqadi, u böyiça barça zaruriy xizmatlarni körsatadi.
Buyurtmaçi uşbu eʼlon bilan professional taşkilot va «Master plan»ga qöyiladigan dastlabki talablarni, şuningdek uning taklifining tuzilişini hamda tegişli tartibda baholanişini belgilaydi.
Professional taşkilotning taklifi quyidagilarni öz içiga olişi kerak:
— Obʼektning tavsifi va undan kelgusida samarali boşqariş, yaratilgan iş örinlarini saqlab qoliş, daraxtlar va butalarni kesmaslik hamda obʼekt hududida kapital quriliş işlarini amalga oşirmaslik kabilarni inobatga olgan holda:
— Xaridorlar (investorlar) uçun obʼektni xususiylaştiriş böyiça belgilanadigan talablar hamda obʼektni xususiylaştirişning şartlari va şakllari;
— potentsial xaridorlarni saralaş uçun qöyiladigan talablar hamda xususiylaştirişdan oldin va undan keyin yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolar, ularning sabablari va yeçimi yuzasidan «Master plan»ning batafsil tavsifi hamda işni taşkil etiş böyiça professional taşkilotning oqilona tavsiyalari (40 ballgaça);
— Xizmat haqi taklifi. Bunda, xizmat haqi miqdori taklif etilayotgan «Master plan»ning strategiyasiga boğliq. Iş haqi miqdori va boşqa joriy harajatlar aniq körsatilişi kerak (40 ballgaça);
— Professional taşkilotning şunday xizmatlarni amalga oşirişdagi mavjud tajribasi töğrisidagi maʼlumotlar (10 ballgaça);
— «Master plan»ni işlab çiqiş nuqtai nazaridan tanlov böyiça işlarni taşkil etiş yuzasidan taklif. Taklif qilinayotgan tanlovda iştirok etadigan jamoa töğrisidagi maʼlumotlar, şaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari(nomlari) va ular haqidagi maʼlumotlar: iş tajribasi va mazkur sohadagi faoliyati muddati (10 ballgaça);
— Belgilangan vazifalarni bajariş uçun yetarli vakolat, şuningdek inson, vaqt, moddiy resurslar mavjudligi töğrisida yozma ariza.
Takliflar 2021 yil 25 oktyabr soat 17:00 gaça (Toşkent vaqti bilan) qabul qilinadi.
«Master plan böyiça işlar professional taşkilot vakillari bilan özaro hamkorlikda, zarur bölganda obʼektga taşrif buyurgan holda amalga oşiriladi. «Master plan»ni işlab çiqiş muddati buyurtmaçi bilan kelişilgan holda belgilanadi. Buyurtmaçi öz xohişiga köra heç qanday majburiyatni öz zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda tanlovni töxtatişi mumkin.









