Tez yordamga 47 ming marta qönğiroq qilgan erkak jinnixonaga yuborildi

Tez yordamga 47 ming marta qönğiroq qilgan erkak jinnixonaga yuborildi

Ukraina fuqarosi tez tibbiy yordam xizmatiga 47 ming marta qönğiroq qilganidan keyin majburiy davolaniş uçun ruhiy şifoxonaga yuborildi. Bu haqda lenta.ru naşri xabar bermoqda.

Rasmiy Kiyevga böysunadigan Kramatorsk şahri (Donetsk viloyati)da yaşovçi erkak 2018 yilning 1 oktyabridan 2019 yilning 12 fevraligaça – tört yarim oy mobaynida tez yordamga 46 968 marotaba qönğiroq qilgan. U kuniga yuz martadan ming martagaça 103 ga qönğiroq qilib, u yerda işlovçi feldşerlarni haqorat qilgan.

Uşbu harakatlari uçun unga nisbatan Ukraina jinoyat kodeksining 296 moddasi birinçi bandi “Jamiyatga hurmatsizlik qilgan holda jamoat tartibini qöpol ravişda buziş” moddasi bilan iş oçilgan.

Sudlanuvçi sud-psixiatrik tekşiruvdan ötdi, uning kasalligi borligini tasdiqladi. Sud majburiy kasalxonaga yotqiziş töğrisida qaror qabul qildi.

×