Termizda bir erkak maktab öquvçisini ikki marta zörlagan. Huquqni muhofaza qiliş idoralari bu işni «tinçitib yuborgan», dedi Senatning Mudofaa va xavfsizlik qömitasi aʼzosi Farhod Boqiyev. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinişiça, Termizda yaşovçi B.E. 2020 yil yanvarida 16 yoşli maktab öquvçisini zörlagan. Keyinçalik u uşbu fakt töğrisida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berişini aytib, uni qörqitib, kuç işlatib, uni bir neça bor zörlagan.
«Uşbu jinoyatni sodir etgan şaxsga nisbatan Termiz şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi qariyb 14 oydan buyon qonuniy çoralar körmayapti», – dedi Boqiyev.
Yil davomida jabrlangan qizning ota-onasi tomonidan Termiz şahar IIB va boşqa maʼmuriy organlarga jinoyatni sodir etgan şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni sörab qilgan barça murojaatlar bekor ketgan.
«Termiz şahar IIB FMO sifatsiz tekşiruv ötkazdi, jinoyat işini qözğatişdan boş tortiş töğrisida qarorlar qabul qildi. Şuningdek, jinoyatni sodir etgan şaxsning döstlari Termiz şahar IIBda işlaydi. Şu sababli iş «tinçitilgan». Bu jabrlanuvçi ota-onasining Senatga sönggi çora sifatida murojaat qilişiga sabab bölgan», – dedi senator.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik qömitasi uşbu tekşiruvning har tomonlama va obʼektiv ötkazilişini va uning natijalariga köra qonuniy qaror qabul qilinişini öz nazoratiga oldi. Tergov yakunlari böyiça qöşimça maʼlumotlar beriladi.









