Namanganda olib qoçilgan “Lacetti” uç ming AQŞ dollariga sotib yuborildi

Namanganda olib qoçilgan “Lacetti” uç ming AQŞ dollariga sotib yuborildi

Namangan viloyati. 2022 yil 28 fevral kuni soat 16:00 larda Yangiqörğon tumanida joylaşgan “Favvora” nomli oşxonasida 36 yoşli S.R., 27 yoşli S.R., 28 yoşli T.B. va 24 yoşli U.X.,lar körişib, öşa yerda Çust tumani Çakob köçasida yaşovçi 31 yoşli O.B. ga tegişli bölgan “Lacetti” rusumli avtomaşinasini olib qoçişni rejalaştirişgan.

Bir guruh bölib, jinoiy til biriktirib, göyoki uzum mahsulotlarini sotib oliş uçun O.B.,ni Yangiqörğon tumanida joylaşgan mevalarni saqlaş omboriga çaqirib, u bilan körişib, rejaga asosan O.B.,ni har xil gaplar bilan çalğitib, u boşqarib kelgan “Lacetti” avtomaşinasini olib qoçib, avtomaşinani Namangan şahrida yaşovçi fuqaroga 3000 AQŞ dollarga sotib, undan 2300 AQŞ dollarini olib, pullarni özlarining şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatib yuborişganligi aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida O.B.,ga tegişli bölgan “Lacetti” rusumli avtomaşina Namangan şahrida yaşovçi fuqarodan aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqörğon tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan yuqoridagi şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qoçiş) bilan qözğatilib, ular protsessual tartibida uşlanişgan.

Taʼkidlaş joizki, Jinoyat kodeksining normalariga köra, jinoyatni sodir etgan şaxs 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

×