Özbekiston Xalq taʼlimi vazirligi belgilangan kiyimda kelmagan öquvçilarni maktabga kiritmaslik holatiga izoh berdi.
Xabarda aytilişiga köra, sönggi vaqtlarda maktab formasida kelmagan öquvçilarni uçun öquv muassassasiga kiritilmaslik holatlari uçramoqda. Xöş, ana şunday jazo çorasi qöllaş töğrimi, uşbu holat haqida qonunda nima deyilgan?
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilarini zamonaviy maktab formasi bilan taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 666-sonli qarori, Xalq taʼlimi vazirligining “Umumiy örta taʼlim maktab öquvçilarining odob-axloq qoidalari töğrisida” gi 2013 yil 28 fevralidagi 74-buyruği va “Umumiy örta taʼlim maktablarining içki tartib qoidalarini takomillaştiriş töğrisida”gi 2012 yil 7 iyundagi 177-buyruği bilan belgilangan.
Öquvçilardan mazkur talablarni bajariş talab etiladi. Ota-onalar esa talablarning bajarilişini nazorat qilişlari lozim. Lekin, mazkur talablar bajarilmaganida öquvçilarni maktab hududiga yoki darsga kiritmaslik böyiça hujjatda heç qanday band körsatilmagan.
Öquvçilarning maktab formasini kiyiş yoki taşqi köriniş tartibiga rioya qilmasligi taʼlim muassasasining içki tartib-qoidalarini buziş, deb baholanadi. Bunday öquvçilarga quyidagi çoralar qöllanişi mumkin:
- ogohlantiriş;
- kundalik daftariga qayd etiş;
- tuşuntiriş işlarini olib boriş uçun ota-onasini xabardor qiliş;
- fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va taʼlim muassasasidagi yiğilişda ota-onalar iştirokida muhokama qiliş.
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan örnatilgan talablarga rioya qiliş böyiça joylardagi masʼullarga körsatmalar berildi, deyilgan xabarda.









