Toşkent viloyatida öğirlangan avtomobil poytaxtda uşlandi

Toşkent viloyatida öğirlangan avtomobil poytaxtda uşlandi

Toşkent viloyatida öğirlangan Lacetti avtomobili Toşkent şahrida topildi va öğri qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Toşkent viloyatida 29 yoşli Feruz M. 25 yoşli Abubakir T.ga tegişli bölgan Lacetti rusumli avtomobilni olib qoçdi. Uşbu fakt asosida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (“Transport vositasini olib qoçiş”) böyiça jinoiy iş qözğatildi. Gumonlanuvçini qölga oliş böyiça çoralar köriş tadbirlari boşlandi.

Joriy yilning 27 oktyabr kuni taxminan soat 06:15 da, davlat raqamlari olib qoçilgan avtomobilniki bilan bir xil bölgan transport vositasi Çilonzor tumanidagi Bunyodkor köçasida köringan. Ammo haydovçi YPX va PPX xodimlarining transport vositasini töxtatiş haqidagi qonuniy talabini bajarmasdan, harakatni davom ettirgan.

Çilonzor tumani IIO FMB jamoat tartibini saqlaş bölinmasi boşliği podpolkovnik Tohir Rixsiyev yengil maşinada navbatçilik olib borayotganda olib qoçilgan avtomobilni körib qolgan. Haydovçi qoçişga uringaniga qaramasdan, öz avtomobilida uni yölni çetiga qisib töxtatgan Rixsiyev T. tomonidan qölga olindi.

Şu sababdan Toşkent şahar IIBB rahbariyati fidokor xodimni taqdirlaşga qaror qildi.

×