"Sizni qamoqqa olib, oilangizni şarmanda qilamiz": navoiylik erkak jinoyatga qöl urdi

"Sizni qamoqqa olib, oilangizni şarmanda qilamiz": navoiylik erkak jinoyatga qöl urdi

Navoiy viloyatida sodir bölgan jinoiy harakat unça-munça odamning hayoliga kelmas. Boringki, kelganda ham unga qöl urişga vijdon tösqinlik qilar. Ammo har joyda bölgani kabi Navoiyda ham gurunç içidan kurmaklar çiqib turadi.

Jiyanining kuyov uyida atigi tört oy yaşab uyiga qaytib kelişi Baxri Töxtayevga alam qildi. Boz ustiga bir kasallikni orttirib kelib, davolaniş uçun undan 3 mln. söm olib çiqib ketgani va buni qaytarişga imkon qilolmayotganidan jiğibiyron bölaverardi. Bu öylar, alamzadalik uni tinç qöymasdi. U şayton hamrohligida bir işga qöl urişni reja qildi. “Men pullarimni öşa vallomatlardan undirib olaman!”

Rejasini yaqin bir örtoği bilan fikrlaşib işga uni ham şerik qildi.

— Men tuman prokuraturasi xodimiman, siz falonçiyevmisiz?

Kuyov tomonga kelgan bu kutilmagan qönğiroqdan xöjalik boşliği Raxim Kurbonovning rangi öçdi.

— Ha, men...

— Sizni keliningiz bizga ariza şikoyat bilan murojaat qilgan, xozirda ariza yuzasidan iş boryapti. Bu jinoiy iş böyiça sizni qamoqqa olişimiz va oilangizni ommaviy axborot vositalari orqali şarmanda qilişimiz mumkin. Delo meni qölimda, zudlik bilan tölovini qilmasangiz bölmaydi.

 Bundan köra ölganim yaxşi deya şoşib qolgan R. Qurbonov “deloning tölovi” qança ekanligini söradi.

— Ikki million oltiyuz ming söm! Men sizni Karmana tumani avtoşohbekatida kutaman.

Kimdadir şunça pul böladi, kimdadir birdan topiş muşkul. Şu maʼnoda boşi qotib, “endi şu savdo xam bormidi”, deya siqilgan R. Qurbonovning esa pulni topib borişdan özga çorasi yöq edi.

Aytilgan vaqt, aytilgan joyda talab qilingan pulni berildi. Ammo qarangki, bu birinçisiyu sönggisi emas, atigi boşlanişi ekan. Şundan söng taniş raqam orqali kelayotgan qönğiroqlardan Qurbonovlar oilasining yuragi ortiga tortadigan bölib qoldi.Bir gal 980.000 söm, keyin 846.000 söm, yana 1.200.000 söm pullarni “deloni yopiş” uçun turli vajlar bilan qölga kiritgan tovlamaçilarning qilmişidan oxir oqibat zada bölgan oila aʼzolari bu xususda huquqni muhofaza qiliş organiga murojaat qilişga qaror qilişdi.

Dastlabki tergov jarayonida B. Töxtayevning atigi bir marotaba 2.600.000 söm pulni olganligi, qolganlarini esa uning jinoiy şerigi özi uçun işlatganligi maʼlum böldi.

Haqiqat qaror topib, tovlamaçilar tomonidan özlaştirilgan pullar egalariga qaytarildi.

Qarangki, ellik yoşida alamzadalik bilan öylamay qöygan qadami uçun jinoyatçiga aylangan B. Töxtayev hamda jinoiy şerigining şarmanda bölganiyu jinoyatçi degan nomni olgani qoldi.

Sud B. Töxtayevning qilmişidan çin dildan puşaymonligi, qaramoğida tört nafar farzandlari hamda keksa onasi borligi, özi yagona boquvçi ekanligi va şuningdek keltirilgan zarar töla qoplanganligi, R. Qurbonovning unga nisbatan daʼvosi yöqligi va boşqa jihatlarni inobatga olib, qonun sanktsiyasi doirasida tegişli jazo tayinladi.

Alişer SAYDULLAYEV,

Jinoyat işlari böyiça

Karmana tuman sudi sudyasi

×