Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahridagi savdo markazlaridan birida qonga bulğangan piçoqni kötarib, ikki kişini ölimiga sabab bölgan fuqaroning tasviri aks etgan video hamda fotolavhalar tarqaldi va omma orasida turliça muhokamalarga sabab böldi, deyiladi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Qayd etilişiça, şov-şuvlarga sabab bölgan uşbu video (foto) yuzasidan IIB xodimlari tekşiruv işlarini olib borişgan. Vahşiylik aks etgan uşbu videolavhalar 3 nafar samarqandlik yigitlar tomonidan tasvirga olinib, tarqatilgani maʼlum bölgan.
«Bu ham yetmaganidek, uşbu fuqarolar bilan aholi orasida bu kabi zöravonlik va şafqatsizlik aks etgan lavhalarni tarqatmaslik yuzasidan tuşuntiriş işlarini olib boriş uçun borgan IIB xodimlariga faol qarşilik körsatiş qançalik töğri?!
Uşbu şaxslarga nisbatan tegişli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, profilaktik tuşuntiriş işlari olib borildi. Samarqand şahar maʼmuriy işlar böyiça sudi tomonidan uçala yigitga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi barça OAV xodimlari, blogerlar va fuqarolarning axborotni oliş, undan foydalaniş va tarqatiş huquqlari mavjudligini eslatib ötadi. Faqatgina bunday harakatlar qonun doirasida amalga oşirilişi lozim.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda 189-1 va Jinoyat kodeksida 130-1-moddalar mavjud bölib, zöravonlikni yoki şafqatsizlikni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, olib kiriş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş uçun javobgarlik belgilangan», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand şahridagi savdo dökonlaridan birida mudhiş qotillik röy bergani haqida xabar berilgan edi.









