Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi Soğliqni saqlaş vazirligi tizim taşkilotlariga kafolatlanmasdan körsatilgan tibbiy xizmatlar yuzasidan tegişli çoralar körilganini maʼlum qildi.
Qömita tomonidan isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş borasida respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarida tibbiyot uçun möljallangan ölçaş va sinaş vositalarining metrologik körikdan ötkazilgani holati tahlil qilingan.
Jumladan, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida ötkazilgan tahlil natijalariga köra, ötgan davr mobaynida ölçaş va sinaş vositalarining öz vaqtida metrologik körikdan ötkazilmagani holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga köra, Raqobat qömitasi tomonidan metrologik körikdan ötkazilmagan tibbiy sinaş va ölçaş vositalaridan foydalanib, jami 600 mingdan ortiq isteʼmolçilarga 300 million sömga yaqin kafolatlanmagan xizmatlar körsatilgani aniqlangan.
Bu bilan tibbiyot muassasalari “Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunining 4, 12, 19, 20 va 27-moddalari talablariga zid ravişda iş tutgan deb topilib, yuqoridagi tibbiyot muassasalariga nisbatan iş qözğatildi.
Xabarda aytilişiça, qonunbuzarlik holatini bartaraf etiş yuzasidan bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berildi hamda qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan 8 nafar masʼul mansabdor şaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik çoralarini köriş yuzasidan hujjatlar tegişli tartibda sud organlariga yuborildi.









