Qirğiz-tojik çegarasida qurol işlatiş bilan boğliq hodisa sodir böldi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi çegara xizmati matbuot markazi xabar berdi.
“Davlat çegarasining qirğiz-tojik uçastkasida qurol qöllaş bilan boğliq hodisa yuz berdi”, degan matbuot xizmati vakili.
Uning sözlariga köra, Qirğiziston fuqarolari Botken viloyatining Botken tumani, Koço-Boyu hududida quriliş işlarini olib borgan. Voqea joyiga Tojikiston çegaraçilari yetib kelgan va qurilişni töxtatişni talab qila boşlagan. Oğzaki tortişuv janjalga aylanib ketgan. Janjal çoğida tojikistonlik harbiylardan biri “Makarov” töpponçasi bilan havoga tört marta öq uzgan.
“Darhol Qirğizistonning Botken yönalişidagi çegara vakilining Tojikistonning Isfara yönalişidagi çegara vakili bilan uçraşuvi bölib ötdi. Tojikiston tomoni qurol işlatişning noqonuniyligini tan oldi, çunki Qirğiziston fuqarolari çegara çiziğiga yaqin joyda emas, balki Koço-Boyu qişloği içida quriliş işlarini olib borgan”, deyilgan matbuot xizmati xabarida.
Aniqlik kiritilişiça, Tojikiston vakili mojaroga yöl qöygan harbiylarga nisbatan çora körilişini vaʼda qilgan.
Tomonlar bir tomonlama tergov ötkazişga va natijalarni sarhisob qiliş uçun uçraşişga kelişib olgan.
“Davlat çegarasining qirğiz-tojik qismidagi vaziyat barqaror”, deya taʼkidlagan çegara departamenti vakili.
Maʼlumot örnida, Qirğiziston va Tojikiston çegarasi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat çegaraçilari örtasidagi töqnaşuvlar hududiga aylanib bormoqda









