Bektemir tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori firibgarlik ustida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaning maʼlum qilişiça, Bektemir tuman aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori M.A. fuqaro Ş.A.ning turmuş örtoğini yuqori lavozimdagi tanişlari orqali Toşkent şahridagi tuğruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib beriş evaziga firibgarlik yöli bilan 30 000 AQŞ dollari talab qilib, şundan 10 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









