2022 yilda futbol böyiça jahon çempionatiga mezbonlik qiladigan Qatarda haddan taşqari issiqqa qarşi çora sifatida köçalarga ham konditsioner örnatilyapti.
Yoz oylarida havo harorati 46 darajaga çiqadigan Qatarda yopiq joylarda konditsionersiz yaşab bölmaydi. Bunga qöşimça tarzda jahon çempionatiga tayyorgarlik doirasida stadionlarga ham konditsionerlar örnatildi.
Global isiş butun dunyoga tahdid solayotgan bölsa-da, havo haroratining ortişini eng köp his qilayotgan mamlakatlardan biri Qatar hisoblanadi. Atrof muhit va energiya tadqiqotlari instituti vakili Muhammad Ayubning Washington Post bilan suhbatda aytişiça, dunyoda havo haroratining örtaça 2 darajaga ortişi ham Yaqin Şarqqa katta taʼsir körsatadi.
“Şundoq ham issiq bölgan bu hududda 4-6 darajalik ortiş bölişi mumkin. Bunday holat xalq salomatligiga va samaradorlikka qanday taʼsir körsatişini tekşiryapmiz”, – deydi u.
Qatar aholisini qiynaydigan muammolardan biri – nam darajasining balandligi. Oçiq maydonlarga örnatilayotgan konditsionerlar nam darajasini ham tuşiradi.









