Qatar: HAMAS ikki kunlik sulhda yana 20 nafar garovga olinganni ozod qiladi

Qatar: HAMAS ikki kunlik sulhda yana 20 nafar garovga olinganni ozod qiladi

Qatar TIV maʼlumotlariga köra, Ğazo sektorida HAMAS tomonidan garovga olingan yana 20 nafar isroillik qöşimça ikki kunlik sulh davomida ozod etilişi mumkinligi haqida «tasdiq bor». 


HAMAS jangçilari 28 va 29 noyabr, seşanba va çorşanba kunlari Ğazo sektoridagi gumanitar sulhni uzaytiriş böyiça kelişuv doirasida yana 20 nafar isroillik garovga olinganlarni ozod qiladi, dedi Qatar TIV matbuot kotibi Majid bin Muhammad al-Ansoriy. «Biz Ğazo sektorida garovga olingan 20 nafar şaxs ikki kun içida ozod etilişi mumkinligi haqida tasdiqlangan maʼlumotga egamiz», dedi u Dohadagi matbuot anjumanida va Qatar hozirda HAMAS tomonidan qolayotgan garovga olinganlarning umumiy sonini tasdiqlay olmasligini taʼkidladi. 

Isroil va HAMAS örtasidagi muzokaralarda vositaçilik qilayotgan Qatar «barqaror sulh»ga erişiş uçun Ğazo sektoridagi gumanitar pauzaning ikki kunlik uzaytirilişidan foydalaniş niyatida», deya qöşimça qildi al-Ansoriy. «Hozirgi paytdagi asosiy maqsadimiz va umidimiz keyingi muzokaralarga olib keladigan barqaror sulhga erişiş va oxir-oqibatda bu uruşni tugatişdir», dedi u. 

Qatar TIV vakilining sözlariga köra, HAMAS tomonidan garovga olingan isroillik askarlarni ozod qiliş böyiça muzokaralar tinç aholi ozod etilganidan keyin boşlanişi mumkin. «Hozirgi paytda garovga olingan fuqarolar, ayollar va bolalarni ozod qiliş ustuvor vazifa, keyin navbat harbiylarga keladi», - dedi al-Ansoriy. 

Ğazodagi sulh ikki kunga uzaytirildi 

24 noyabrdan beri Ğazo sektorida Qatar vositaçiligida Isroil va HAMAS tomonidan tört kunlik muddatga kelişilgan vaqtinçalik öt oçişni töxtatiş kelişuvi amal qilmoqda. Kelişuv şartlariga köra, bu vaqt içida HAMAS jangçilari 7 oktyabr kuni garovga olinganlar orasidan 50 nafar ayol va bolani Isroilga topşirişi kerak. Isroil 150 nafar falastinlik mahbuslarni – ayollar va ösmirlarni qamoqxonalardan ozod qilişi lozim. 

Avvalgi kelişuv muddati tugaşiga bir neça soat qolganda, 27 noyabr kuni keçqurun Qatar TIV Isroil va HAMAS öt oçişni töxtatiş rejimini yana ikki kunga uzaytirişga kelişib olganini maʼlum qildi. Sulhning «oldingi şartlarda» uzaytirilişi haqidagi maʼlumotni HAMAS vakillari tasdiqladi. Öşa kuni mojaro tomonlari garovga olinganlar va asirlarni törtinçi almaşişni amalga oşirdi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini eʼlon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini eʼlon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 15 mingga yaqin falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.

Teglar:
×