Rossiyada koronavirusga qarşi emlaş öqituvçilar va tibbiyot xodimlaridan boşlanadi. Bu haqda 1 avgust kuni jurnalistlarga Rossiya soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko maʼlum qildi.
«Vaktsina röyxatga olingani tasdiqlanganidan söng, u qöllanila boşlaydi. Birinçi navbatda, kuzatuv ostida şifokorlar va öqituvçilar emlanadi», – dedi u.
Vazir joriy yil oktyabr oyida mamlakat aholisini ommaviy ravişda emlaş rejalaştirilganligini taʼkidlagan.
Şuningdek, Muraşko hozirgi vaqtda Gamaleya markazi tomonidan işlab çiqilgan SARS-CoV-2 vaktsinasining klinik sinovlari yakunlanganligini bildirdi.
Avvalroq Rossiya vaktsinasi sinovda qatnaşganlarning 100 foizida immunitet hosil qilgani haqida xabar berilgandi.









