BMT kimlar “tirik tovar”ga aylanayotganini maʼlum qildi

BMT kimlar “tirik tovar”ga aylanayotganini maʼlum qildi

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti barça davlatlarni odam savdosiga qarşi kuraşni kuçaytirişga, şu jumladan, tana aʼzolarini sotişga yöl qöymaslikka çaqirdi.

Boş Assambleyaning 76-sessiyasi delegatlari BMTning Odam savdosiga qarşi kuraşiş böyiça Global harakatlar rejasini amalga oşiriş böyiça Siyosiy deklaratsiyani qabul qilgan. 

Deklaratsiya barça davlatlarni “tirik tovar” savdogarlari tomonidan qöllanilayotgan jinoiy sxemalarni foş etişga çaqiradi.

BMT Boş kotibi örinbosari Amina Muhammad hujjatning qabul qilinişini olqişlab, hozirgi global inqirozlar, jumladan, COVID-19 pandemiyasi 2030 yilgaça Barqaror rivojlaniş kun tartibini, jumladan, odam savdosini oldini oliş böyiça muhim vazifalarni amalga oşirişdagi taraqqiyotni töxtatib qöyganini taʼkidladi.

Bugungi kunda odam savdosi istisnosiz barça mamlakatlarda uçraydi. Dunyo böylab yuz minglab odamlar ana şunday jinoyatlar qurboni bölmoqda. Ular jinsiy yoki mehnat ekspluatatsiyasi, jinoiy faoliyat bilan şuğullaniş, tilançilik qiliş yoki hatto organlarini oliş uçun sotiladi.

“Biz köpinça odam savdosi bilan şuğullanayotganlarning jinoyatlari haqida heç narsa bilmaymiz, ularning aksariyati global yaşirin iqtisodiyot sohalarida va internet saytlarida sodir böladi. Pandemiya şaroitida tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan odam savdogarlari faol foydalanmoqda”, deydi Amina Muhammad.

Uning sözlariga köra, odam savdosining asosiy qurbonlari jinsiy qullikka sotilayotgan yoki erta turmuş qurişga majburlangan, maktablarga kiritilmagan va uy qulligiga majburlangan ayollar va qizlardir.

×