Braziliya Rossiya bilan atom suvosti kemasi qurişi mumkin

Braziliya Rossiya bilan atom suvosti kemasi qurişi mumkin

Jair Bolsonaru bu haqda Putin bilan gaplaşgan.

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru Rossiyadan suvosti kemalari böyiça yordam söragan. Bu haqda Folha de São Paulo gazetasi xabar berdi.

Gap atom suvosti kemasi haqida bormoqda. Bolsonaru uşbu masala böyiça şaxsan Putinga iltimos bilan çiqqan. Ötgan oydagi Braziliya prezidentining Moskvaga taşrifi davomida suvosti kemalari muammosi ham muhokama qilingan.

"AQŞning Braziliyaga atom suvosti kemalari loyihasida yordam berişni inkor qilişi Bolsonaruni Putinga murojaat qilişiga sabab böldi", — deyiladi xabarda.

Uşbu yönalişdagi muammolardan biri foydalaniladigan yoqilği sertifikatsiyasi bilan boğliq. Bundan taşqari, 2021 yilda Braziliya harbiy-dengiz kuçlari yadroli qurilmalarni sinovdan ötkazgan, bu yerda ham Rossiya tajribasi qöl kelişi mumkin.

×