Özbekiston 2020 yildan boşlab paxta xom aşyosini eksportga jönatmasligi maʼlum qildi. Bu haqda Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yaponiyaning Nikkei Asian Review naşriga bergan intervyusida maʼlum qildi, deya xabar beradi «Spot».
«Kelgusi yildan boşlab paxta xom aşyosini eksport qilmaymiz. Çunki qöşimça qiymatli mahsulotni qayta işlaş va işlab çiqariş uçun yetarliça quvvat yaratildi», — dedi vazir.
Sardor Umurzoqovga köra, hozirda tekstil mahsulotlariga xaridor va bozorlar köp. Bu yil 2 milliard dollarlik tekstil mahsulotlari eksport qilingan bölsa, 2025 yilga kelib bu körsatkiçni 8 milliard dollarga yetkaziş közda tutilmoqda.
Maʼlumot uçun, Özbekiston joriy yil yanvarida 3,1 million dollarlik 1,6 ming tonna paxta tolasi eksport qilgan. 2016 yil yanvarida bu raqam 49,4 million dollar va 34,6 ming tonnaga teng edi. Paxta tolasining eksportdagi uluşi bu vaqt mobaynida 8 foizdan 0,2 foizgaça kamaygan.









