Irlaniyaning Concern Worldwide gumanitar taşkiloti hamda Germaniyaning Welthungerhilfe nodavlat taşkiloti aholining oçlik körsatkiçi böyiça dunyo mamlakatlarining Global indeksini eʼlon qildi.
Mutaxassislar uşbu indeksda oçlik körsatkiçini 0-100 ballgaça bölgan şkalada baholagan. Yaʼni 0 — eng yaxşi natija, 100 esa öta qoniqarsiz holatni anglatadi.
Özbekiston uşbu reytingda 10,7 ball bilan 49-örinda qayd etilgan. 2000 yildagi natija bilan taqqoslaganda 23,6 balldan 10,7ga tuşib, indeksda ijobiy natija qayd etilgan. Qozoğiston reytingda 20, Qirğiziston 35 hamda Turkmaniston 54-poğonani egallagan.
Eng yomon natijani yaʼni 53,6 ball bilan eng oxirgi röyxatda 117-örinni Markaziy Afrika respublikasi band etgan. Şuningdek, Pokiston (94-örin), Hindiston (102-örin) va Afğoniston (108-örin) ham indeksda yomon natija qayd etgan davlatlar qatoriga kirgan.
Indeksda eng yaxşi natijalarni Belarus, Bosniya va Gertsegovina, Bolgariya, Çili, Kosta-Rika davlatlari qayd etgan.
Tahlilga köra, 0 dan 10 ballgaça natija «oçlik darajasining pastligi», 10 dan 19,9 gaça «örtaçaligi», 20 dan 34,9 gaça «jiddiy darajadagi oçlik mavjudligi», 35 dan 49,9 ballgaça esa «xavfli darajadagi oçlik holati mavjudligini» va 50 dan baland indeks «öta xavfli oçlik körsatkiçi»ni anglatadi.









