Onlayn reytingda Özbekiston havosi eng iflos davlat deb topildi

Onlayn reytingda Özbekiston havosi eng iflos davlat deb topildi

Havoning ifloslaniş darajasi böyiça onlayn reytingda Özbekiston Hindistonni ortda qoldirib, birinçi örinni egalladi. Datçiklar poytaxt – Toşkentning ifloslaniş darajasini 492 AQI körsatgan.

Reytingda Özbekistondan keyin Hindiston, Xitoy, Qirğiziston va Meksika joy oldi. Gvatamela, Daniya, Gibraltar, Bruney-Darussalam va Islandiya mamlakatlariga esa sönggi örinlar nasib qildi. 

Taʼkidlaş kerakki, havoning ifloslaniş darajasi böyiça onlayn reytingda Turkmanistondagi havo Özbekistondagidan 4 barobarga toza ekanligi aks etgan. Mamlakatning ifloslaniş darajasi 72 AQI ni körsatgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni Özbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toşkent şahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuçli şamol esib, qumli böronlar hosil böldi. Köriş darajasi 500-1000 metrgaça pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami kötarilib, atmosfera havosidagi çang miqdori belgilangan meʼyordan 30 barobar oşdi. 

Şamol avj olgan mahalda AQŞning Toşkentdagi elçixonasiga örnatilgan havoning ifloslanişini aniqlaş moslamasi poytaxt havosini “öta nosoğlom”, deb baholadi.

“Özgidromet” kuzatuvlariga köra, sönggi 150 yil içida Özbekistonda bunday çangli ğubor hodisasi kuzatilmagan. Sinoptiklar 12 noyabrgaça mamlakatda yoğingarçilik kutilmayotganini, şu sababli havodagi çang yana bir muddat saqlanib qolişi mumkinligini maʼlum qildi.

×