Özbekiston mobil internet tezligi böyiça reytingda 132-örinni egalladi

Özbekiston mobil internet tezligi böyiça reytingda 132-örinni egalladi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegişli Speedtest.net internet-servisi 2019 yil iyun oyi yakunlari böyiça jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi maʼlumotlarni öz içiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini eʼlon qildi.

Özbekistonning pozitsiyalari quyidagiça köriniş oldi:
- mamlakat mobil internet tezligi böyiça öz pozitsiyasini yanada pasaytirdi va 9,63 Mbit/s. tezlik bilan 132-örinni egalladi;
- simli internet tezligi böyiça 17,07 Mbit/s. tezlik bilan 177 davlat orasida 116-örindan joy oldi. 

Janubiy Koreya (90,06 Mbit/s.) mobil internet tezligi, Singapur (195,88 Mbit/s.) simli internet tezligi böyiça birinçi örinni egallagan.

Speedtest servisdan öz ulanişi tezligini tekşirişda foydalanuvçi şaxslardan olingan maʼlumotlar asosida tezlikni hisoblab çiqaradi hamda reytingni şakllantiradi.

×