Xorijda vaqtinça işlayotgan Özbekiston fuqarolari va ularning oilasi qöllab-quvvatlanadi

Xorijda vaqtinça işlayotgan Özbekiston fuqarolari va ularning oilasi qöllab-quvvatlanadi

Prezident «Xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni qabul qildi.

Qarorga köra, 2022 yil 1 iyundan Rossiya, Turkiya hamda Qozoğistonning tegişli hududlarida (12 ta) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti joriy qilinadi. Mazkur hududlarning har biriga kamida 2 nafar vakil biriktiriladi.

2022 yil 1 maydan har yili hokim yordamçilari yozma tavsiyanomasiga asosan:

  • boquvçisi xorijga mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida röyxatda bölgan oilalarga BHMning 2 baravari (540 ming söm) miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi;
  • mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida röyxatda bölgan yoki «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoşlar daftari» (daftarlar)dan biriga kiritilgan, nogironligi bölgan oila aʼzolariga dori-darmon, nogironlik aravaçalari, eşitiş apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qiliş uçun BHMning 5 baravari (1 million 350 ming söm) miqdorida bir martalik moddiy yordam körsatiladi;
  • mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning Özbekistonda ular bilan birga yaşovçi pensiya yoşiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bölgan oila aʼzolariga kasaba uyuşmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolaniş muassasalariga bir martalik bepul yöllanma beriladi.

Şuningdek, mahallalardagi yoşlar yetakçilarining yozma tavsiyanomasiga asosan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida röyxatda bölgan yoki «daftarlar»dan biriga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning bolalariga mavsumiy faoliyat yuritadigan oromgohlarga bepul yöllanmalar beriladi.

Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi mablağlari hisobidan mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam pullari va yöllanmalar berişda:

  • yordam pullari va yöllanmalar mehnat migratsiyasiga çiqib ketgan fuqarolar «Labor migration» dasturiy majmuasida röyxatdan ötgan bölsa beriladi;
  • talabgorlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga «Labor migration» dasturiy majmuasi orqali elektron murojaat qiladi.

Qarorga köra, xorijda vaqtinçalik işlayotgan va taʼlim olayotgan özbekistonlik yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida «Xorijdagi yoşlar balansi» şakllantirilib, ular töğrisidagi maʼlumotlar «Yoşlar portali» elektron platformasiga kiritib boriladi.

2022 yil 1 martdan «daftarlar»dan biriga kiritilgan va taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi yöli bilan vaqtinçalik işlaş uçun xorijga çiqib ketayotgan fuqarolarga ham 10 million sömgaça miqdorda bir yil muddatga miqroqarzlar beriladi.

Şuningdek, 2023 yil 1 yanvargaça quyidagilar böyiça kompensatsiyalar tölanadi:

  • xorijiy tillar yoki kasb böyiça malaka imtihonlarini topşiriş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun, başarti ular muvaffaqiyatli topşirilganda — BHMning 3 baravari (810 ming söm) miqdorida;
  • yöl çiptasini xarid qiliş böyiça — BHMning 2 baravari (540 ming söm) miqdorida;
  • «işçi viza»ni rasmiylaştiriş böyiça — BHMning 5 baravari (1 million 350 ming söm) miqdorida.
×