Bloger Dima Qayumga nisbatan keça, 15 oktyabr kuni Farğona viloyati Rişton tumanida «samosud» holati uyuştirildi. Bu haqda "7news.uz" yozmoqda.
Uning olib borayotgan hayrli işlari va blogerlik faoliyati ğaşiga tekkan, kutubxona qurilişiga qarşi bir guruh şaxslar tomonidan bölgani, yaʼna uşa bozorçi-ayollarimizni işga solişgani taqdim etilgan video-foto materiallarda körinib turibdi.
Dima Qayumga nisbatan tajovuz, tahdidni, samosud holatini va unga tegişli telefon ekranini sindirib taşlanganini keskin qoralaymiz va tegişli vazirlik va idoralardan bu holatni zudlik bilan örganib çiqişlarini va alohida nazoratga olişlarini söraymiz.
Bir guruh şaxslar tomonidan “Bozor buzilganida aybdorsan”, “kutubxona qurmaysan” deb ayblanib, “Samosud” qilingan Dima Qayum aks etgan videoni körib, yurtdoşlarimizning huquqiy ongi pastligidan ular öz xatti-harakatlari bilan inson haq-huquqlarini paymol etib, özboşimçalik qilib, ularning özi jinoyatga qöl urayotganini anglab yetmagani körinib turibdi. («Qöşi mahalla»)









