Buxoroda voyaga yetmagan qizlar “samosud” qilindi

Buxoroda voyaga yetmagan qizlar “samosud” qilindi


Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda qizlar 3 kişi bölib, bittasini samosud qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi maʼlumot berdi. 

Örganişlar davomida aniqlanişiça, 2009 yilda Şofirkon tumanida tuğilgan voyaga yetmagan K.Z. hamda 2008 yilda Ğijduvon tumanida tuğilgan voyaga yetmagan B.O. örtasida avvaldan mavjud kelişmovçiliklar sababli, 2026 yilning 7 yanvar kuni soat 9:00 lar atrofida Buxoro şahar “Favvoralar maydoni”ga yaqin hududdagi “M.Iqbol” köçasida özaro janjal kelib çiqqan. Janjalda 2005 yilda Ğijduvon tumanida tuğilgan N.Ş. hamda 2005 yilda Şofirkon tumanida tuğilgan T.S. ham faol iştirok etib, voyaga yetmagan B.O. bilan birgalikda voyaga yetmagan K.Z. ga turli tan jarohatlari yetkazgan. Uşbu holat janjalda iştirok etgan 2004 yilda Vobkent tumanida tuğilgan M.S. tomonidan videotasvirga olinib, 2008 yilda tuğilgan voyaga yetmagan B.O. tomonidan özining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasiga joylangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati içki işlar organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida yuqorida nomlari keltirilgan şaxslarning şunga öxşaş yana bir neçta janjalli holatlarga aloqadorligi aniqlangan.

“Keltirib ötilgan barça holatlar böyiça qöşimça maʼlumotlar tekşiruv yakuniga köra taqdim etiladi”, deyiladi xabarda. 


Teglar:
×